TOShKENT, 17 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Germaniya turizm sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi, deb xabar qildi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.
13 noyabr kuni Munxen shahrida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.Abduxakimov va Germaniyaning mustaqil turizm kompaniyalari uyushmasi rahbari Y.Chex bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Tomonlar turizm sohasidagi mutaxassislarni Germaniyada malaka oshirish masalasida kelishib olishdi. Shuningdek, Germaniya jurnalistlari O‘zbekistonga tanishuv tashriflarini amalga oshirishadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval O‘zbekiston TIF milliy banki Germaniyaning yetakchi banklari bilan 950 million yevro ajratish bo‘yicha zayom kelishuvlarini imzolanganligi haqida xabar bergan edik. Kelishuvlar O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Germaniyaga amalga oshirilgan tashrif doirasida erishilgan.