Toshkentdagi qabriston nazoratchisi Yaponiya imperatori ordeni bilan mukofotlandi

© AFP 2023 / Mandel NGANFlag Yaponii
Flag Yaponii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Miroqil Fozilov qabristonga dafn etilgan yapon fuqarolarining qabrlariga qaragan. 2015-yilda ushbu qabristonni ko‘rgani kelgan Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe nazoratchining sa’y-harakatlaridan hayratda qolgan

TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Yaponiya hukumati o‘zbekistonlik Miroqil Fozilovni imperator ordeni bilan mukofotladi. Bu haqda Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar qildi.

U 40-yil davomida Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi "Fozil ota" qabristoniga dafn etilgan yapon fuqarolarining qabrlarini obod qilish bilan shug‘ullangan. Bu yerga asosan Ikkinchi jahon urushidan so‘ng O‘zbekiston poytaxtiga surgun qilingan yapon harbiy asirlari dafn etilgan.

75 yoshli Fozilov O‘zbekistonda dafn etilgan yapon fuqarolari tarixini saqlab qolgani va qabristonni obod qilgani uchun "Ko‘tarilayotgan quyosh, kumush nurlar" ordeni bilan mukofotlandi.

Fozilovning otasi ham 60-yil davomida ushbu qabriston nazoratchisi bo‘lgan va O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov topshirig‘i bilan qabristonga "Fozil ota" nomi berilgan.

Yangiliklar lentasi
0