TOShKENT, 16 noya – Sputnik. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyev respublika yoshlari, ularning vakillari hamda OAV xodimlarini onlayn muloqotga taklif etdi.
Onlayn muloqotda yoshlar yetakchisi O‘zbekiston yoshlarining muammo, savol va takliflarini eshitadi hamda tashkilotning oxirgi 20 kunlik faoliyati yuzasidan hisobot beradi.
Xabar berilishicha, onlayn muloqot 16-noyabr kuni soat 20dan 21gacha bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi boshchiligidagi delegatsiya Rossiyaning bir nechta shaharlarida bo‘ldi va u yerda mehnat qilayotgan hamda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.