TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Rossiya hukumati xorijlik fuqarolar va fuqaroligi yo‘q shaxslarni mamlakatdan deportatsiya qilish tartibini belgilash huquqini Rossiya IIVga berish haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqadi, deb xabar berdi vazirlar mahkamasi matbuot xizmati.
Ilgari migrantlarni deportatsiya qilish bilan Federal migratsiya xizmati shug‘ullanardi. FMX tugatilib, uning vazifalari IIVga o‘tkazilgan bo‘lsada, IIV deportatsiya vakolatiga ega emasdi.
Agarda qonun loyihasi tasdiqlansa, "Rossiya Federatsiyasidagi xorij fuqarolarining huquqiy holati to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Qonun loyihasi 7-noyabr kuni qonunchilik faoliyati bo‘yicha hukumat komissiyasi yig‘ilishida ma’qullangan.