"Suv yo‘q ekan. Ha mayli" – Oq uyda nutq so‘zlayotgan Tramp suv qidirib qoldi

© REUTERS / JOSHUA ROBERTSPrezident SShA Donald Tramp otkrivayet butilku s vodoy
Prezident SShA Donald Tramp otkrivayet butilku s vodoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti bilan sodir bo‘lgan navbatdagi kulgili voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi

TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Internetda AQSh prezidenti Oq uyda suv ichish uchun bir necha bor ma’ruzasini to‘xtatgani haqidagi video ommalashib bormoqda, deb yozadi CBS News.

Voqea Amerika rahbarining Osiyo mamlakatlari bo‘ylab safariga bag‘ishlangan brifing chog‘ida yuz berdi. Prezident ma’ruza qilayotib suv ichgisi keldi va minbar ostidan suv to‘ldirilgan idishni qidirdi.

"Suv yo‘q ekan. Ha, mayli", — dedi Tramp suvli idishni topolmagach.

​Jurnalistlar unga suv bu tarafda turganligini aytishganidan so‘ng u nutq so‘zlashdan to‘xtab suv ichishga kirishdi.

Mazkur holat aks etgan lavha ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Boisi, ilgariroq Tramp respublikachi senator Marko Rubioni 2013-yilda telechiqish chog‘ida suv ichish uchun chalg‘iganini keskin tanqid qilgandi.

"Yanagi safar Marko Rubio suvni idishdan emas, stakanda ichishi kerak, salbiy ko‘rinish kamroq bo‘ladi", — deb yozgandi o‘shanda davlat rahbari.

Rubio ham uzoq kutmadi va AQSh rahbarining harakatiga javob qaytardi.

​"Aftidan, bu ishni qanday bajarishni o‘rganish kerak. Bir harakatda va kameraga qaragan holda suv ichish kerak ekan. Birinchi bor chiqishi uchun yomonmas", — deb yozdi senator Twitter sahifasida.

Yangiliklar lentasi
0