TOShKENT, 16 noya — Sputnik. O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov boshchiligidagi Ozarbayjonga rasmiy tashrif bilan keldi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarga ko‘ra, tashrif doirasida O‘zbekiston mudofaa vaziri Ozarbayjon Mudofaa vazirligida qator uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
Uchrashuvlarda harbiy, harbiy-texnik, harbiy-ta’lim va boshqa sohalarga oid masalalar muhokama qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Azizov shu yilning 11-13 oktabr kunlari Dushanbeda bo‘lib o‘tgan MDH mamlakatlari mudofaa vazirlari kengashida ishtirok etgandi.
Abdusalom Azizov shu yilning sentabr oyida O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlangan. Unga qadar ichki ishlar vazirligini boshqargandi.