O‘zbekiston Mudofaa vazirligi o‘z saytini ishga tushirdi

© SputnikNoviy sayt ministerstva oboroni Uzbekistana
Noviy sayt ministerstva oboroni Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozircha sinov rejimida ishlayotgan saytda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tarixi bilan ham tanishish mumkin.

TOShKENT, 16 noya – Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi o‘z saytini ishga tushirdi. Sayt orqali vazirlik faoliyati bilan bog‘liq yangiliklardan xabardor bo‘lish mumkin.

Saytda vazirlik rahbariyati, bo‘sh ish o‘rinlari, vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.

Bundan tashqari, saytda harbiylar hayoti bilan bog‘liq foto va videolavhalar ham joylashtirilgan.

Hozircha sinov rejimida ishlayotgan saytda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tarixi bilan ham tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Mudofaa vazirligi davlat organlari ochiqligi indeksida shu yilning 1 holatiga ko‘ra ro‘yxatda oxirgi o‘rinlardan birini egallagandi.

Yangiliklar lentasi
0