Maxsus tashkil qilingan aviaqatnov yordamida Suriyadan Grozniy shahriga 41 nafar MDH fuqarolari olib kelindi. Ular orasida 12 nafar ayollar va 29 nafar bolalar bor.
Olib kelinganlarning besh nafari Qozog‘iston fuqarosi, ikki nafari – O‘zbekiston, qolganlari Rossiyaning Checheniston, Dog‘iston va Boshqirdiston o‘lkalaridan.
Bu Suriyadan Chechenistonga olib kelingan ikkinchi guruh bo‘ldi.

Suriyadan ortga qaytarilganlar Grozniy aeroportida o‘z qarindoshlari va yaqinlari tomonidan kutib olindi.

Suriyadan qaytarilgan ayollar va bolalarni Grozniy aeroportida kutib olinishi.

Maxsus tashkil qilingan aviaqatnov yordamida Suriyadan Grozniy shahriga 41 nafar MDH fuqarolari olib kelindi.

Qaytarilganlar orasida 12 nafar ayollar va 29 nafar bolalar bor.

Suriyadan ortga qaytarilganlar Grozniy aeroportida o‘z qarindoshlari va yaqinlari tomonidan kutib olinishi.

Olib kelinganlarning besh nafari Qozog‘iston fuqarosi, ikki nafari – O‘zbekiston, qolganlari Rossiyaning Checheniston, Dog‘iston va Boshqirdiston o‘lkalaridan.

Suriyadan ortga qaytarilganlar Grozniy aeroportida o‘z qarindoshlari va yaqinlari tomonidan kutib olinishi.

Checheniston hukumati portalida xabar berilishiga ko‘ra, ushbu yilning avgust oyidan boshlab Suriyadan va Yaqin Sharqning boshqa qaynoq nuqtalaridan 90 nafar ayollar va bolalar olib kelingan.

Olib kelingan fuqarolar dastlab jiddiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va shundan so‘ng qarindoshlari bilan uchrashishga ruxsat berildi.

21 oktabr kuni Suriyaning Xmeymim aerodromdan Grozniy shahriga 22 kishi: 7 nafar ayol va 14 bola olib kelingan edi.

Ozod qilingan 34 nafari Rossiya, qolgan yettitasi esa, Qozog‘iston va O‘zbekiston fuqarolaridir.