Buxoroga kelgan sayyohlar soni so‘nggi bir yarim oy ichida 10 foizga ko‘paydi

Obuna bo‘lish
Bundan avval, taniqli Rossiya ishbilarmoni Alisher Usmonov Buxoroda yangi sayyohlik majmuasini barpo etishi haqida xabar berilgandi. Ushbu majmua tarkibida zamonaviy kichik qavatli mexmonxonalar, madaniy, sog‘lomlashtirish, savdo-sotiq hamda ko‘ngil ochar markazlar quriladi.

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. 2017 yil oktabr va noyabr oyi boshidagi muddat davomida Buxoro viloyatiga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlarning soni 10 foizga ko‘paydi, deb xabar qildi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Buxoro viloyatida qadimiy obidalariga 590 ming kishi tashrif buyurdi. Ular ichida eng ko‘pi (90 foiz) o‘zbekistonliklar tashkil qiladi.

© uzbektourism.uzTuristi v Buxare
Turisti v Buxare - Sputnik O‘zbekiston
Turisti v Buxare

Xorijiy sayyohlar eng ko‘p — 70 ming nafari Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi.

Bundan avval, taniqli Rossiya ishbilarmoni Alisher Usmonov Buxoroda yangi sayyohlik majmuasini barpo etishi haqida xabar berilgandi. Ushbu majmua tarkibida zamonaviy kichik qavatli mexmonxonalar, madaniy, sog‘lomlashtirish, savdo-sotiq hamda ko‘ngil ochar markazlar quriladi.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi yangi sayyohlik hududi uchun alohida joy ajratib berdi. Loyiha tashabbuskorlariga Gijduvon ko‘chasi va "Ko‘hna va boqiy Buxoro" madaniy ma’rifiy majmuasi o‘rtasidagi maydoni 10 gektar bo‘lgan yer joy berildi.

Ushbu qurilish obyekti yaratishiga Milliy bankning kichik korxonasi NBU Bukhara Invest javobgar bo‘ladi. Loyihaning batafsil konsepsiyasi 2018-yil yanvar oyiga qadar ishlab chiqish zarur.

Yangiliklar lentasi
0