IIV Akademiyasi o‘qishga qabul e’lon qildi

© akadmvdAkademiya MVD
Akademiya MVD - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun fuqarolarning yoshi 17 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lishi kerak. Nomzodlarning yoshi o‘qishga qabul yilining 31-dekabriga qadar hisoblanadi

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalari yoshlarni o‘qishga taklif qilmoqda, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati.

IIV Akademiyasi - Sputnik O‘zbekiston
IIV Akademiyasida o‘qish muddati 3-yilni tashkil qiladi
2018/2019 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalari ya’ni Ichki ishlar vazirligining Akademiyasi va Yong‘in xavfsizligi instituti hamda Milliy gvardiyaning Harbiy texnika institutlariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan, Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turib, istiqomat qiluvchi, o‘rta va o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan hamda kollej va litseylarni bitiruvchi yoshlar 2017-yilning 15-noyabr kunidan 2018-yilning 15-fevral kuniga qadar, Toshkent shahar IIBB Kadrlar boshqarmasiga bevosita bo‘ysunuvchi Kasbiy tayyorgarlik markaziga hujjatlarni topshirish uchun taklif qilinadilar.

Vazirlikning amaldagi meyoriy buyruq talablariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun fuqarolarning yoshi 17 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lishi, ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, nomzodlarning yoshi o‘qishga qabul yilining 31-dekabriga qadar hisoblanadi.

Shuningdek, o‘g‘il bolalarning bo‘yi 170 smdan past bo‘lmasligi, qizlarning bo‘yi esa 165 smdan past bo‘lmasligi shart.

O‘g‘il bolalar o‘zlari bilan pasport, chaqiruv yoki harbiy guvohnoma va ma’lumoti to‘g‘risida hujjatlari (diplom, shahodatnoma), qizlar esa pasport va ma’lumoti to‘g‘risida hujjatlari (diplom, shahodatnoma) olib kelishlari so‘raladi. Qabul har haftaning dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 09:00 dan 17:00 ga qadar Toshkent shahar IIBB Kadrlar boshqarmasiga bevosita bo‘ysunuvchi Kasbiy tayyorgarlik markazida amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0