Ayol erini bo‘ridan qutqardi - Issiq-ko‘ldagi hodisa

© Sputnik / Oleg Lastochkin / Mediabankka o‘tishVolk
Volk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hodisa Sarichot-Ertash davlat qo‘riqxonasining yuk ortish va yuk tushirish punkti yaqinida ro‘y bergan

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Issiq-ko‘lda ayol o‘z turmush o‘rtog‘ini bo‘ridan qutqardi. Ojiza yirtqichni pichoq yordamida chavaqlab tashladi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.

Nashrning yozishicha, hodisa 7-noyabr kuni kechqurun yuz bergan. Mirbek Kelgenbayev xotini va sakkiz yashar o‘g‘li bilan uyga qaytayotgan mahalda, Sorichot-Ertash davlat qo‘riqxonasi yonida ularning mashinasi yurmay qoladi.

© Foto / Mirbek KelgenbayevVolk, kotoriy napal na Mirbeka Kelgenbayeva vozle perevalochnogo punkta v Sarichat-Ertashskom zapovednike
Volk, kotoriy napal na Mirbeka Kelgenbayeva vozle perevalochnogo punkta v Sarichat-Ertashskom zapovednike - Sputnik O‘zbekiston
Volk, kotoriy napal na Mirbeka Kelgenbayeva vozle perevalochnogo punkta v Sarichat-Ertashskom zapovednike

Mirbek mashinani ta’mirlashga kirishadi. O‘g‘il otasining yonida turadi. Erkakning rafiqasi Elnura — isinish uchun yuk ortish va yuk tushirish punkti binosiga kirib ketadi. Bo‘ri xuddi shu vaqtda Mirbekka hamla qilgan. Lekin erkak jonivorni qulog‘idan mahkam tutishga ulguradi va tizzasi bilan yerga bosib, xotiniga "pichoqni olib chiq", deb baqiradi. Elnura yugurib kelib, jonivorni shaxsan o‘zi pichoqlab tashlaydi.

© Foto / predostavleno Mirbekom KelgenbayevimVolk ranil Mirbeka Kelgenbayeva
Volk ranil Mirbeka Kelgenbayeva  - Sputnik O‘zbekiston
Volk ranil Mirbeka Kelgenbayeva

Mirbek Kelgenbayev ertasi kuni mahalliy kasalxonaga olib borilgan, olgan jarohatlari dezinfeksiya qilingan va u quturishga qarshi emlangan.

Yangiliklar lentasi
0