Markaziy bank 50 ming so‘mlik qog‘oz pullar miqdorini ko‘paytiradi

© SputnikKupuri nomiralom patdesat tisach sum
Kupuri nomiralom patdesat tisach sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston MB qiymati katta bo‘lgan qog‘oz pullar miqdorini oshirish hamda 500 va 1000 so‘mlik tanga pullarni muomalaga kiritishni rejalashtirmoqda.

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Bugun Xalqaro press-klubda «Valyuta bozori: dastlabki natijalar va istiqboldagi rejalar» mavzuyiga bag‘ishlangan sessiya bo‘lib o‘tdi.

 

Sessiyada ishtirok etgan, O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari Timur Ishmetov aytishiga qaraganda, Markaziy bank tangalar borasida hali aniq qarorga kelmagan, lekin aholi qulayligi uchun qiymati katta bo‘lgan banknotalarni ko‘proq ishlab chiqarishni boshlagan.

"Tangalar borasida hozircha aniq qarorga kelinmadi. Jamiyatga qulaylik yaratish va ishlab chiqarishni optimizatsiya qilish maqsadida biz ayrim katta qiymatli banknotalarni, masalan 50 va 10 ming so‘mlik qog‘oz pullarni ko‘proq chiqarmoqdamiz", —  dedi MB raisi o‘rinbosari Timur Ishmetov

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin O‘zbekiston OAVlari tijorat banklar 500 va 1000 so‘mlik banknotalarni muomaladan chiqarib, ularning o‘rniga tanga pullar kiritishi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Markaziy bank fikriga ko‘ra tanga pullar ishlab chiqarishda qimmatroq bo‘lsada ularning muomalada bo‘lish muddati uzoqrok.

Yangiliklar lentasi
0