TOShKENT, 15 noya – Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasida lavozimiy tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi farmonlariga asosan, Samadov Salom Ismatovich va Tadjiyev Erkabay Aminovich O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, Igamov Djaxongir Xusanovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.