Qirg‘izistonda o‘zbekistonliklar avtohalokatga uchradi

© Foto / press-slujba GUPM MVD KRDTP v Leylekskom rayone na 24-m kilometre trassi Isfana — Osh
DTP v Leylekskom rayone na 24-m kilometre trassi Isfana — Osh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonda yuz bergan YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 8 kishi jarohatlandi

TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Qirg‘iziston Batkent viloyatida sodir bo‘lgan avtomashinalar to‘qnashuvi natijasida 3 nafar kishi halok bo‘ldi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston IIV matbuot xizmati xabariga asosan.

Jenshina na BMW protaranila mikroavtobus s uzbekistansami v Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Sankt-Peterburgda YTHda 6 nafar o‘zbekistonlik jabrlandi

Ushbu avtohalokat bugun ertalab Leyleks tumani 24 km Isfara — O‘sh trassa yo‘lida sodir bo‘ldi.

Honda Stepwgn va VAZ-2107 rusumli avtomashinalar yuzma-yuz to‘qnashdilar.

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Honda Stepwgn mashinasida bo‘lgan 28 yoshli haydovchi, 69 yoshli yo‘lovchi hamda "Jiguli" mashinasida bo‘lgan 30 yoshli haydovchi — Batkent IIB xodimi voqea joyida halok bo‘ldi.

"Militsiya xodimi to‘g‘risida ma’lumotlarga aniqlik kiritilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, uning oilasida 3 nafar farzand bo‘lgan. To‘qnashuvda 8 nafar kishi jabrlangan, ular ichida o‘zbekistonliklar ham bor. Hozircha qaysi avtomashina qarama-qarshi yo‘lga chiqqanligi noma’lum. To‘qnashuv bo‘yicha barcha ekspertizalar tayinlangan", — deyilgan matbuot xizmati xabarida.

YTH holati yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Yangiliklar lentasi
0