Barbie ishlab chiqaruvchilari hijobdagi ilk qo‘g‘irchoqni taqdim etishdi

© InstagramKukla Barbi v xidjabe
Kukla Barbi v xidjabe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ibtihojdan andaza olingan holda yaratilgan qo‘g‘irchoq qo‘lida qilich ushlab turibdi, uning kiyimi esa Muhammadning qilichbozlik musobaqalaridagi kostumini takrorlaydi. Qo‘g‘irchoq 2018-yilda sotuvga chiqadi

TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Amerikanning Mattel kompaniyasi hijob taqqan ilk Barbie qo‘g‘irchog‘i taqdimotini o‘tkazdi. Qo‘g‘irchoqni yaratishda qilichboz-ayol Ibtixoj Muhammaddan andaza ko‘chirildi.

"Biz Ibtixoj Muhammadni Barbie qo‘g‘irchoqlari orasida ko‘rishdan judayam xursandmiz! Ibtixoj butun dunyo bo‘ylab ayollar va qizlarni to‘siqlarni yengib o‘tishga ilhomlantiradi", — deyiladi kompaniyaning Twitterdagi sahifasida.

We are so excited to honor @IbtihajMuhammad with a one-of-a-kind #Barbie doll! Ibtihaj continues to inspire women and girls everywhere to break boundaries. #Shero #YouCanBeAnything #GlamourWOTY pic.twitter.com/oV0e6ClgL6

​2014 yilning qilichbozlik bo‘yicha jahon chempioni Ibtihoj Muhammad Olimpiya o‘yinlarida hijobda namoyon bo‘lgan birinchi amerikalik sportchi.

Ibtihojdan andaza olingan holda yaratilgan qo‘g‘irchoq qo‘lida qilich ushlab turibdi, uning kiyimi esa Muhammadning qilichbozlik musobaqalaridagi kostumini takrorlaydi. Qo‘g‘irchoq 2018-yilda sotuvga chiqadi.

Thank you @Mattel for announcing me as the newest member of the @Barbie #Shero family! I’m proud to know that little girls everywhere can now play with a Barbie who chooses to wear hijab! This is a childhood dream come true 😭💘 #shero pic.twitter.com/py7nbtb2KD

​"Qizlarning hijob kiygan Barbie o‘ynash imkoniga ega bo‘lganlaridan juda faxrlanaman! Bolalikdagi orzuim amalga oshdi", — deydi Ibtihoj o‘zining Twitterdagi sahifasida.

Mattel kompaniyasi 1959-yildan buyon Barbie qo‘g‘irchoqlarini ishlab chiqaradi. Bu vaqt oralig‘ida qo‘g‘irchoqning tashqi ko‘rinishi bir necha bor o‘zgargan, o‘yinchoqlarning yangi versiyalari, shu jumladan kolleksiya qilinadigan turlari ham yaratilgan. Ayrim Barbie qo‘g‘irchoqlari erkin savdoga chiqarilmaydi, balki kimoshdi savdolariga chiqariladi.

Yangiliklar lentasi
0