Moskvada 70ga yaqin "Tabligi Jamaat" a’zolari qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
O‘rta Osiyo va Rossiya fuqarolaridan iborat ekstremistik guruh a’zolari yashirin tarzda huquqni saqlash organlariga qarshilik ko‘rsatib kelishgan.

TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Moskvada "Tabligi Jamaat" ekstremistik tashqilotining 69 nafar rahbarlari va a’zolari qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti FSB matbuot xizmatiga asosan.

Yashirin guruh O‘rta Osiyo mamlakati fuqarolari tomonidan boshqarilgan. Unga a’zo bo‘lganlar orasida rossiyaliklar ham bor. Ekstremistik tashkilot a’zolari yashirin tarzda huquqni saqlash organlariga qarshilik ko‘rsatib kelishgan.

Yashirin tashkilot a’zolarida ta’qiqlangan adabiyotlar, aloqa vositalari hamda bajarilgan ishlar haqida hisobotlar yozilgan elektron axborot saqlash vositalari topilgan. Tergov qo‘mitasi ushbu ish yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘adi.

Bu "Tabligi Jamaat" a’zolariga qaratilgan birinchi operatsiya emas. Avgustda ushbu tashkilotning uch nafar a’zosi Boshqirdistonda, o‘tgan yil oxirida 7 nafat “jamaat”chilar Moskvada hibsga olingan edi. O‘tgan oktabr oyida esa ushbu tashkilotning yashirin bo‘limi Qrimda ham aniqlangan edi.

"Tabligi Jamaat" o‘zi kim?

"Tabligi Jamaat" tashkilotiga 1926-yilda Hindistonda Mavlono Muxammad Ilyos tomonidan asos solingan. Tashkilotning mafkurasi oltita asosiy prinsipiga asoslangan. Ulardan beshtasi Islom dinining beshta ustuni bo‘lsa, oltinchisi — doimiy ravishda islom dinini targ‘ib qilishdir. Tashkilotning har bir a’zosi bir yilning 40 kunini targ‘ibot bilan o‘tkazishi kerak.

Lekin bu bir qarashdagi “tashqi” ko‘rinish, tashkilot o‘ta yashirin bo‘lgani uchun uning asl maqsadini darrov tushunish qiyin. Tashkilotning asl maqsadi chuqurroq o‘rganilganda – unda bugungi kundagi davlat tuzilishiga bo‘lgan ishonchsizlik va butun dunyo miqyosidagi yagona “islom ummasi” haqida so‘z yuritiladi.

Tashkilotning ayrim guruhlari targ‘ib qilishda keskin choralar va qo‘lga qurol olishgacha borgan. Xususan, 1990-yillarda  Checheniston urushida ishtirok etgan “Xarakat ul-Mudjaxidiin”radikal jangarilar guruhi ham ushbu tashkilotdan kelib chiqqani aniqlangan.

2009 yilda Rossiya Oliy sudi ushbu tashkilotni “Rossiya jamiyatining barqarorligiga va hududining yagonaligiga tahdid soluvchi — ekstremistik tashkilot”, deb tan olgan edi. Tashkilotning aksariyat a’zolari Janubiy Osiyoda yashaydi.

MDH hududida esa tashkilot Qirg‘izistonda chuqur ildiz otgan. Bu yerda "Tabligi Jamaat" haligacha ekstremistik tashkilot deb tan olinmagan. Baliqchi shahrida yashovchi "Tabligi Jamaat" a’zosi 2015-yilda 24 nafar yaqin qarindoshlari, jumladan 76 yoshli onasini Suriyaga olib ketgani aniqlangan.

Ria Novosti xabariga ko‘ra, ushbu yilning 3-aprelida Sankt-Peterburg metrosida sodir bo‘lgan teraktda ham aynan ushbu tashkilotning qo‘li bor. Terakt ijrochisi qirg‘izistonlik Akbarjon Jalilovni "Tabligi Jamaat" a’zolari tayyorlagan.

Yangiliklar lentasi
0