Toshkentda "Sado" guruhi asoschisi Vladimir Baramikov vafot etdi

Obuna bo‘lish
Baramikov 150dan ortiq badiiy va hujjatli filmlarga qo‘shiq va musiqalar yozgan

TOShKENT, 14 noya — Sputnik. "Sado" guruhi asoschisi Vladimir Baramikov vafot etdi. Bu haqda uning hamkasbi, rejissor Aliskar Fatxullin xabar qildi.

" Vladimir Valentinovich Baramikov vafot etdi", — deb yozdi u o‘zining Facebookdagi sahifasida.

Mahalliy OAVning ma’lum qilishicha, Baramikov uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etgan.

"Tangrim, biz uning tuzalib ketishiga umid qilgandik. Volodaning o‘zi ham bunga ishonardi. Afsus, yaqinlari va qarindoshlariga ta’ziya bildiraman", — deb yozadi "O‘zteleradio" rejissori Mastura Ishaqova.

Ishaqova bastakor Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilishini ma’lum qilgan.

Vladimir Baramikov 1949-yil 3-mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1978-yilda "Sado" ansambliga asos solgan. Kumush Razzoqova, Aziza Muhamedova va Mila Romanidilardan iborat trio 1981-yilda Yaltadagi konkursda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Ansambl o‘nlab mamlakatlarda gastrolda bo‘lgan.

Baramikov 150dan ortiq badiiy va hujjatli filmlarga qo‘shiq va musiqalar yozgan.

Yangiliklar lentasi
0