TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Yekaterinburg shahridan 33 nafar O‘zbekiston fuqaro Rossiya hududida bo‘lish qoidalarini buzganligi uchun Toshkentga jo‘natildi, deb xabar qildi Sverdlovsk viloyati federal sud ijrochilari boshqarmasi matbuot xizmati.
Shu bilan birga, sud tomonidan har bir muhojirga 2 ming rubl miqdorida ma’muriy jarima chorasi tayinlandi.
Ta’kidlab o‘tish kerakki, 20 nafar muhojir o‘z hisoblaridan avia chiptalarni xarid qilishdi, qolgan 13 nafari Rossiya federal budjeti hisobidan O‘zbekistonga qaytarib yuborildi.
Sverdlovsk viloyati federal sud ijro boshqarmasi tomonidan shu yil boshidan 1419 nafar xorijiy fuqaro o‘z mamlakatlariga qaytarib yuborildi.