TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Moskva viloyatida joylashgan asfalt va bitum qorishmalari ishlab chiqaruvchi “Asfalt” Aksiyadorlik jamiyati ishchi migrantlardan 18 mln rubl qarzdor bo‘ldi.
Ushbu ish yuzasidan Rossiya Tergov Qo‘mitasi JKning 145.1 bandining 2 bo‘limiga muvofiq jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Tergov qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ayni damda ushbu ishda jinoyatni tasdiqlovchi dalillar aniqlanmoqda.
Esaltib o‘tamiz, 2017-yilning fevral oyida Moskva shahrida ham shunga o‘xshash vaziyat yuz bergan edi. O‘shanda Moskvada Solnsevskaya metro yo‘nalishi qurilishida ishlagan 600ga yaqin chet el fuqarolari oyliksiz va turar joysiz qolgan edi. Ularning aksariyati O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari bo‘lib Rossiyada qonuniy tartibda yashab mehnat qilgan.