MXX bir yarim yil davomida 216 nafar "quldor" faoliyatiga chek qo‘ydi

Obuna bo‘lish
Agar o‘tgan asrning 90-yillarida mehnat migrantlarining aksariyati chet elga mustaqil ravishda borgan bo‘lsalar, bugungi kunda ular bir guruh qarindoshlari yoki do‘stlari bilan chiqmoqda

TOShKENT, 13 noya — Sputnik. 2016 yil va joriy yilning birinchi yarmi davomida MXX organlari tomonidan odam savdosi bilan shug‘ullangan 216 kishi faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan "Noqonuniy migratsiya va odam savdosiga qarshi kurash" mavzuyidagi brifing davomida ma’lum qilindi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Hibsga olinganlar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek qizlarini Turkiyaga sotgan “Ozoda shirkat” jinoiy guruhi qo‘lga olindi
Brifingda qayd etilishicha, mamlakat aholisi soni jadal ortib borayotgani bois, odamlarni ish bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. Ushbu holatda O‘zbekistonda tashqi mehnat migratsiyasi sur’atlarda o‘sishi ham tabiiy jarayonlardan biri hisoblanadi.

Agar o‘tgan asrning 90-yillarida mehnat migrantlarining aksariyati chet elga mustaqil borgan bo‘lsalar, bugungi kunda ular bir guruh qarindoshlari yoki do‘stlari bilan ketishmoqda.

Norasmiy kanallar bo‘yicha xorijga ketayotgan ishonuvchan mehnat migrantlarining aksariyati shu tariqa odam savdosi qurbonlariga aylanishmoqda.

Odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilar chet elga olib kelingan "jonli tovar"dan pasportlarini tortib olib, maoshini qisman, aksariyat hollarda, umuman to‘lamay, kamiga, ishonuvchan migrantni sanitariyaga zid holatlarda saqlab kelmoqda. Buning oqibatida migrantlarning sog‘lig‘iga ham putur yetmoqda.

Qo‘lga olingan 216 shaxsning barchasi ustidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0