TOShKENT, 13 noya — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-mayor Po‘lat Bobojonov Moskvada rossiyalik hamkasbi politsiya generali Vladimir Kolokolsev bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Hukumat portali.
Bobojonov ikki mamlakat vazirliklari o‘rtasida to‘liq hajmda erishilgan o‘zaro ishonchni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashga rossiyalik hamkasblarni ishontirgan holda, hamkorlikdagi O‘zbek-rossiya idoralararo Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhining faoliyatini shaxsan monitoring qilishga va’da berdi.
Shuningdek, O‘zbekiston ichki ishlar vaziri, ular rahbarliklaridagi tashkilotlarning jinoyatchilik, ayniqsa, terrorizm, narkotik vositalarning noqonuniy aylanishi, odam savdosi kabi transmilliy jinoyat turlariga qarshi birgalikda kurashishni kuchaytirish maqsadida, tezkor ma’lumotlar almashinuvini oshirishga yo‘naltirilishini ta’kidladi.
Bobojonov o‘z nutqida, aynan 2017-yilda mamlakatlar huquq tartibot idoralari o‘rtasida ikki tomonlama o‘zaro hamkorlik yangi rivojlanishga turtki bo‘lganligini ta’kidladi.
O‘zaro ishonch va hamjihatlik ruhida o‘tgan muloqot chog‘ida, ikki mamlakat huquq-tartibot idoralari rahbarlari kelgusidagi hamkorlik yuzasidan boshqa masalalarni ham muhokama qildilar.