TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Ta’lim va kasb – 2017” ko‘rgazmasida Rossiya OTMlari o‘z o‘quv dasturlarini taqdim etishdi, deb xabar qilmoqda Rossiya fan va madaniyat markazi.
Ko‘rgazmada Rossiyaning eng yirik OTMlari ishtirok etdi: Plexanov nomli universitet, Leningrad davlat universiteti, Shimoliy-Kavkaz universiteti, Ural iqtisodiyot universiteti, Magnitogorsk texnika universiteti, Kemerovo universiteti, Tumen universiteti, Janubiy Federal universitet, Tomsk universiteti va boshqalar ishtirok etishdi.
Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar — asosan kelasi yilgi talabalikni orzu qilgan yoshlar va ularning ota-onalari bo‘ldi. Ular ko‘rgazmada o‘zlariga kerakli barcha ma’lumotlarni olish va Rossiya OTMlari imkoniyatlari bilan tanishishdi.
“O‘zbekiston yoshlari tomonidan Rossiyada ta’lim olishga qiziqish yil sayin oshib bormoqda. Bu O‘zbekiston va Rossiya orasida diplomatik va ilmiy-gumanitar hamkorlikning o‘sib borayotganidan darak beradi”, — deyilgan RSNK xabarida.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu ko‘rgazma nafaqat Toshkentda, balkim O‘zbekistonning Farg‘ona, Samarqand, Buxoro kabi yirik shaharlarida ham bo‘lib o‘tadi.