TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Noma’lum shaxslar tungi vaqtda rossiyalik tadbirkor Telman Ismailov qurgan 7 yulduzli Maran Palace mehmonxonasining qimmatbaho bezaklarini o‘g‘irlab ketmoqda, deb xabar qildi turkiyaning Milliyet gazetasi.
Moskvaning eng katta kiyim-bosh bozori direktori Telman Ismailov tomonidan qurilgan Mardan Palace mehmonxonasi o‘ta hashamatli edi. Uni qurish uchun tadbirkor 1,4 mlrd dollar sarflagan.
Antaliyada 2009-yilning boshida bo‘lib o‘tgan mehmonxona ochilish marosimida Qozog‘iston prezidenti Nursultan Nazarbayev, Akterlar Richard Gir, Sheron Stoun, Monika Beluchchi va boshqa mashhur kishilar ishtirok etgan edi.
Mehmonxona qurib bitkazilganidan so‘ng biznesmen moliyaviy qiyinchiliklarga duch keladi va mehmonxonani 130 mln dollarga Turkiyaning Halkbankiga sotishga majbur bo‘ladi.
Bir necha kun oldin Maran Palace qarzlari uchun elektr ta’minotidan uzilgan va signalizatsiya o‘chirilgan, ishchilar uni tark etgan. Bundan foydalangan o‘g‘rilar tungi vaqtda u yerga kirib mehmonxonaning qimmatbaho bezaklarini o‘g‘irlab ketmoqda. Xususan, oltin suvi yuritilgan temir panjaralar va bog‘da bezak uchun ishlatilgan haykalchalar o‘g‘irlab ketilgan, deyilgan xabarda.