O‘zbekistonlik "Ti super! Tansi" tanlovi ishtirokchilari uyga qaytmoqda

© Sputnik / Aleksey TixomirovUchastnisi konkursa "Ti-super Tansi" iz Uzbekistana
Uchastnisi konkursa Ti-super Tansi iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Anastasiya Molokova, Durdona Irgasheva va Monika Dodarbekovalar tanlovning ikkinchi bosqichidan so‘ng uyga qaytishmoqda.

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Kecha 11-noyabr kuni, "Ti super! Tansi" konkursining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik ishtirokchilar Anastasiya Molokova, Durdona Irgasheva va Monika Dodarbekovalar ham ishtirok etishdi.

Toshkent viloyatida joylashgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Anastasiya Molokova, Durdona Irgasheva va Monika Dodarbekovalar tanlovning ikkinchi bosqichida Out In Space nomli raqs ijro etishdi.

Vistuplenie uchastnis iz Uzbekistana na konkurse Ti super! Tansi - Sputnik O‘zbekiston
"Ti super! Tansi" ko‘rik tanlovida o‘zbekistonlik qizlar raqsi

Sahnada o‘zbekistonlik ishtirokchilarni  rossiyalik xonanda, shou-men va boshlovchi Timur Rodrigez qo‘llab-quvvatladi.  

Qizlar raqsni chiroyli ijro etishga astoyidil harakat qilishgan bo‘lsada, hay’at a’zolari ularning raqsini keyingi turga o‘tishga noloyiq deb topdi. Endi o‘zbekistonlik "Ti super! Tansi" tanlovi ishtirokchilari uyga qaytadi.  

Eslatib o‘tamiz, tanlovning birinchi bosqichida Toshkent bolalar uyi tarbiyalanuvchilari jozibali milliy raqs ijro etib hay’at a’zolarini qoyil qoldirishgan edi.

"Ti super! Tansi" xalqaro tanlovi NTV telekompaniyasi va Sputnik axborot agentligi tomonidan o‘tkazilmoqda. Loyihada MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlari mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0