Samarqand viloyatida 6 ta kichik sanoat zonasi tashkil etiladi

© Sputnik / Aleksey Nasirov / Mediabankka o‘tishZavod po proizvodstvu steklovolokna
Zavod po proizvodstvu steklovolokna - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kattaqo‘rg‘on, Bulung‘ur, Narpay va Pastdarg‘om tumanlari va Samarqand shahrida bo‘sh turgan sanoat obyektlari negizida 6 ta kichik sanoat zonasi tashkil etiladi.

TOShKENT, 12 noya – Sputnik. Samarqand viloyatining bir necha tumanlarida bo‘sh turgan sanoat obyektlari negizida oltita kichik sanoat zonalari tashkil etiladi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Mehnat vazirligining axborot xizmati.

Xususan, sanoat zonalari Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlari, Bulung‘ur, Narpay va Pastdarg‘om tumanlarida yaratiladi.

Prezident nutqidan ma’lum bo‘lishicha yengil sanoatda umumiy qiymati 1 trillion 400 milliard so‘m bo‘lgan 34 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi va 3 ming 400 dan ortiq ish o‘rinlari yaratilishi mo‘ljallangan.

Mejdunarodniy biznes-sentr v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yangi kichik sanoat zonasi tashkil etiladi

Amalga oshiriladigan loyihaar orasida yuqori texnologiyalarga asoslangan mashinasozlik, elektrotexnika va farmatsevtika kabi zamonaviy sohalarda umumiy qiymati 715 milliard so‘mlik 17 ta loyiha bor.

Shuningdek, mahalliy xom-ashyo asosida zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy qiymati 407 milliard so‘mlik 33 ta loyiha amalga oshirilishi va 1200 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. 

Undan tashqari kelgusi 2-yil davomida meva-sabzavot yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha 519 milliard so‘mlik 47 ta loyiha amalga oshirilishi ham ko‘zda tutilgan. 

Chorvachilik sohasida ham 47 milliard so‘mlik 14 ta loyiha, parrandachilik bo‘yicha 186 milliard so‘mlik 22 ta loyiha amalga oshirilishi aytib o‘tildi. 

Eslatib o‘tamiz, prezident tashabbusi bilan tashkil qilingan, “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida 138 million dollarlik 43 ta yangi loyiha amalga oshirilaishi kutilmoqda. Buning natijasida 2500ta yangi ish o‘rni yaratiladi. 

Yangiliklar lentasi
0