TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Toshkentdagi O‘zbekiston iqtisodiy yutuqlari ko‘rmasi yakuniga yetdi, deb xabar qilmoqda Nuz.Uz nashri.
O‘zekspomarkazda bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada 220ta eksport uchun mo‘ljallangan, sifatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar ishtirok etishdi. Ular avtomobil sanoati, yengil sanoat, elektrotexnika, kimyo, tog‘-metallurgiya, mebel sanoatlari hamda qurilish va farmatsevtika sohalarida ishlab chiqarilgan 10 mingdan ortiq mahsulotlarni taqdim etishdi.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston eksportni qo‘llab-quvvatlash fondi ham o‘z stendi bilan ishtirok etdi. Tadbirkorlar uchun mahsulotni to‘g‘ri upakovka qilish, to‘g‘ri markirovka qilish, “yagona darchadan” eksport sertifikati olish, sug‘urtalash va transportirovka qilish borasida ma’lumotlar jamlangan qo‘llanmalar tarqatildi.
Shuningdek, Eksportni qo‘llab-quvvatlash fondi ishtirokida mahalliy tadbirkorlar va bo‘lajak importerlar orasida B2B uchrashuvlar o‘tkazildi. Qozog‘iston, Tojikiston va Quvaytlik kompaniyalar bilan 10,5 mln dollarlik shartnomalar imzolandi