Qozog‘istonda garovda ushlab turilgan o‘zbekistonlik ozod qilindi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishruki naruchniki
ruki naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yovuz niyatli shaxslar uni o‘g‘irlab ketishgan va ozod etilishi uchun 350 ming tenge talab qilishgan

TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Almati viloyati politsiyasi jinoyatchilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan va garovda ushlab turilgan xorij fuqarosini ozod qilish operatsiyasini amalga oshirdi, deb xabar berdi Almati viloyati IIB matbuot xizmati.

Dobicha zolota - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘shni Qozog‘istonda "oltin kon" qurib olgan shaxs qo‘lga olindi

Matbuot xizmatining xabar berishicha, Ili tumani politsiyasiga 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi murojaat qilib noma’lum shaxslar uning akasini o‘g‘irlab ketishganligini bildiradi. Ma’lum bo‘lishicha, uning akasini Karaoy qishlog‘idagi qurilishlardan birida brigada boshlig‘i bo‘lib ishlagan. Jinoyatchilar uni ish joyidan mashinaga majburan o‘tqizib noma’lum tomonga ketishgan. Keyinroq uning ukasiga qo‘ng‘iroq qilishib 350 ming tenge talab qilishgan, deb yozadi Sputnik Qozog‘iston.

"Tezkor tadbir davomida o‘g‘irlab ketilgan xorij fuqarosi Karasay tumanidagi ijaraga olingan uylardan birida saqlanayotganligi aniqlandi. Garovga olingan shaxsni ozod qilish operatsiyasi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi hamda Ili tuman IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazildi. Xorij fuqarosi sog‘-omon ozod qilindi, uni o‘g‘irlab ketishda gumon qilinganlar qo‘lga olindi", — deyiladi Almati viloyati IIB matbuot xizmati xabarida.

Almatidagi qurilish obyektlarida yollanma ishchi bo‘lib ishlovchi 25-28 yoshli besh nafar Janubiy Qozog‘iston viloyati fuqarosi hibsga olindi.

"Ushbu holat yuzasidan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining bir nechta moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi", — dedi viloyat politsiyasi vakili.

Yangiliklar lentasi
0