"O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" qizlarni chipta sotuvchilikka ishga taklif etmoqda

Obuna bo‘lish
Tanlov shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi, o‘zbek, rus tillarini bilishi va kompyuter texnikasini tushunishi talab etiladi

TOShKENT, 11 noya – Sputnik. "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" aksiyadorlik jamiyati 22 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan qizlarni Toshkent janubiy vokzali kassalarida chipta sotuvchi lavozimiga ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qildi.

Tanlov shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi, o‘zbek, rus tillarini bilishi va kompyuter texnikasini tushunishi talab etiladi.

Tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan qizlar pasport va diplomlaridan nusxa, 4 dona fotosurat va shaxsi haqida ma’lumotnoma taqdim etishlari so‘raladi.

Hujjatlar 15-noyabrdan 15-dekabrgacha qabul qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0