Toshkent viloyatida yirik valyutafurush-retsidivist qo‘lga olindi

© SputnikUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan oldin R.Axmedov qonunga xilof ravishda valyuta ayirboshlash huquqbuzarligi uchun ma’muriy javobgarlik tortilgandi. Endi unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. MXX xodimlari respublika hududida faoliyat ko‘rsatuvchi valyutafurushlarni aniqlash bo‘yicha bir nechta maxsus tezkor operatsiyalarni o‘tkazishdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Qora bozor taslim bo‘lmayapti: valyutafurushlarga qarshi kurash davom etmoqda

"Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida 50 yoshli Ravshan Axmedov 6,5 ming dollarni 52,9 million so‘mga sotayotganda qo‘lga olindi. Shaxsiy ko‘zdan kechirish davomida uning yonida ashyoviy dalil sifatida 3,2 million so‘m borligi aniqlandi", — deya ta’kidladi MXX vakili.

Dastlabki tergov tadbirlari natijasida R.Axmedov valyuta qimmatliklarini noqonuniy xarid qilish va sotish huquqbuzarligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilganligi ma’lum bo‘ldi. Lekin u o‘ziga tegishli xulosa chiqarmadi. Endi sud tomonidan unga nisbatan qattiqroq jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin.

Bundan tashqari, huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari tomonidan Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani "Tamaddum" mahallasida Shaydullo Abduraxmonov va Sherzod Eshmurodov mijozdan 4 ming dollarni 32,1 million so‘mga sotib olayotganda qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi departament tomonidan qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksning 177 — moddasi (valyuta qiymatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi.

Yangiliklar lentasi
0