TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Moskvada mehnat muhojirlariga patent tayyor bo‘lishi haqida virtual operator — robot orqali axborot beriladi. Bu haqda Ko‘p tarmoqli migratsiya markazi matbuot xizmati xabar qildi.
Hozirda robot bir oyda 30 mingdan ortiq qo‘ng‘iroqlarni qabul qildi.
"Robot qo‘ng‘iroq qilgan shaxsning savolini avtomatik tarzda aniqlab, mustaqil ravishda javob beradi yoki tegishli soha mutaxassisiga ulaydi", — deyilgan xabarda.
Patentni tayyor bo‘lganligini aniqlash uchun virtual operatorga topshirilgan arizaning raqamini aytish kerak. Shundan keyin robot hujjat qaysi bosqichida ekanligini aytadi.