TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro konferensiya davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida 2018-2019 yillarda hamkorlik dasturini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Markaziy Osiyo mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari — Abdulaziz Komilov (O‘zbekiston), Qayrat Abdurahmonov (Qozog‘iston), Rashid Meredov (Turkmaniston), Erlan Abdildayev (Qirg‘iziston), Sirojiddin Aslov (Tojikiston) hamda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Frederika Mogerini ishtirok etdi.
Ayni daqiqalarda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Frederika Mogerini va Markaziy Osiyo mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari ishtirokida OAV xodimlari uchun brifing bo‘lib o‘tmoqda.