TOShKENT, 9 noya – Sputnik. Ilgari GM Operationsning O‘zbekistondagi prezidenti va bosh direktori bo‘lib ishlagan Ektor Villarreal GM Rossiyaning bosh direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda GM Rossiya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, u Rossiya va MDH mamlakatlaridagi Cadillac va Chevrolet NAV brendlariga javob beradi.
O‘zbekistonda ishlashidan oldin Ektor GM Koreaning rejalashtirish bo‘yicha vitse-prezidenti bo‘lib ishlagan. U GMning Janubiy Koreya va O‘zbekistondagi brendlari uchun mas’ul bo‘lgan.