Samarqandda 2 yoshli o‘g‘lini ikki ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qamaldi

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U savdolashib, pulni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan

TOShKENT, 9 noya – Sputnik.Samarqand viloyatining Toyloq tumanida ayol ikki yoshli o‘g‘lini ikki ming dollarga sotishga urindi, deb xabar berdi uznews.uz.

Xabarda aytilishicha, 1995-yilda tug‘ilgan ayol 2015-yil iyulda farzandli bo‘ladi. Uning farzandi begonalar qo‘lida tarbiyalanadi. Ayol uni 2 ming dollarga sotishga qaror qiladi. U savdolashib, pulni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toyloq tuman sudi ayolni aybdor deb topdi va u olti yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Yangiliklar lentasi
0