Puyol kelajakda taklif bo‘lsa O‘zbekiston termasida ishlashi mumkinligini aytdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBivshiy igrok FK "Barselona" Karlos Puyol na konferensii v Tashkente
Bivshiy igrok FK Barselona Karlos Puyol na konferensii v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun jahon futboli afsonasi Toshkentga yetib kelgan va matbuot anjumanida ishtirok etgan

TOShKENT, 9 noya – Sputnik. "Barselona" klubining sobiq himoyachisi Karles Puyol O‘zbekiston yoshlarga e’tibor qaratsa futbol bo‘yicha 2022-yili Qatarda o‘tkaziladigan jahon chempionatiga chiqishi mumkinligini aytdi. Bu haqda championat.asia xabar bermoqda.

Bivshiy zashitnik FK Barselona i sbornoy Ispanii Karles Puyol - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga “Barselona” va jahon futboli afsonasi tashrif buyuradi

Xabar berilishicha, bugun jahon futboli afsonasi Toshkentga yetib kelgan va matbuot anjumanida ishtirok etgan.

"Barchaga salom. Katta rahmat. O‘zbekiston futbol Federatsiyasiga rahmat aytaman. 2008-yil ham shu yerga kelgandim. O‘sha tashrif hamon xotiramda turibdi. Yana bir bor O‘zbekistonda ekanligimdan xursandman. O‘FF prezidenti janob Umid Ahmadjonov tufayli bu yerdaman. Garchi O‘zbekiston terma jamoasi Rossiyadagi mundialga chiqa olmagan bo‘lsa ham yaqin vaqt ichida bunga erishasizlar deb umid qilaman. Yoshlarga e’tibor qaratilayotgani ajoyib. Agar yoshlarga e’tibor qaratsanglar 2022-yilgi Qatardagi JChga chiqasizlar", — degan Karles Puyol.

Jurnalistlarning "bir kun kelib murabbiy bo‘lsangiz O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishingiz mumkinmi?" degan savoliga u "hozircha 40 yoshdaman. Murabbiylik litsenziyam ham yo‘q. Agar kelajakda taklif bo‘lsa balki O‘zbekistonda ham ishlarman. Barcha narsa bo‘lishi mumkin", deya javob qaytargan.

U O‘zbekistonga qisqa vaqtga kelganligini aytgan va dunyoning hech qaysi davlatida bunchalik shirin mevalarni yemaganligini qo‘shimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0