TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev va Georgiy Poltavchenko uchrashuvida O‘zbekiston va Sankt-Peterburg shahri o‘rtasidagi an’anaviy yaqin va o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
O‘zaro savdo hajmini oshirish va yetakchi korxonalar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirish uchun mavjud salohiyatdan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.
Sog‘liqni saqlash, ta’lim va turizm sohalarida qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Sankt-Peterburg shahri gubernatoriPoltavchenko Mirziyoyevga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekiston bilan ustuvor yo‘nalishlarda keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.