TOShKENT, 8 noya – Sputnik. Ushbu yilning oktabr oyidan boshlab Moskvada mehnat migrantlarga ko‘k rangli patentlar berila boshladi, deb xabar qilmoqda Moskva Migratsiya markazi.
Shu bilan bir vaqtda, Rossiya IIV Migratsiya masalalari bosh boshqarmasi oldin berilgan qizil blankali va endi berila boshlagan ko‘k blankali patentlarning ikkalasi ham amal qilishini ta’kidlamoqda.
“Qizil blank va ko‘k blankda berilgan patentlarning ikkalasi ham haqiqiy”, — deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Moskva shahar mero Sergey Sobanin oktabr oyida Moskva shahri bo‘yicha patentlar oylik to‘lovi 7%ga oshirilishini xabar qilgan edi. Ayni dammda patentlar oylik avans to‘lovi 4200 rublni tashkil qilmoqda, 7% oshganidan keyin 4494 rublni tashkil qiladi.