TOShKENT, 8 noya – Sputnik. Boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi Go‘zal Ismatova Vyetnamda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Chempionatda qit’aning 20 mamlakatidan yuzdan ortiq charm qo‘lqop ustalari bellashdilar.
Vazni 81 kilogrammdan ortiq bo‘lgan bokschi qizlar o‘rtasidagi final jangida Go‘zal Ismatova mezbonlar sportchisi Ti Tran Niga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.