Jizzax drama teatrida Sharof Rashidov xotira kechasi bo‘lib o‘tdi

© Sputnik / Rikov / Mediabankka o‘tishPerviy sekretar SK KP Uzbekistana Sh.R.Rashidov
Perviy sekretar SK KP Uzbekistana Sh.R.Rashidov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sharof Rashidovning 100-yillik yubileyiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida Jizzax viloyat musiqali drama teatrida Sharof Rashidov xotira kechasi va konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Bugun kunning ikkinchi yarmida, Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi va konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Jizzaxdagi Sharof Rashidov haykali - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda Sharof Rashidov haykali ochildi

Xotira kechasida senator va deputatlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yozuvchi-shoirlar, san’at va madaniyat namoyandalari, adibning avlodlari, faxriylar, yoshlar, adabiyot ixlosmandlari ishtirok etishdi. 

Konsert dasturida O‘zbekiston san’at ustalari tomonidan milliy ashula va raqslar, jahon san’atining eng sara asarlaridan namunalar ijro etildi.  Ushbu kuy-qo‘shiqlar qalblarda Vatanga muhabbat, hayot sururi tuyg‘ularini jo‘sh urdirdi.

Sharof Rashidov so‘zi bilan aytiluvchi «Olamda gullar yashar», «Vatan fidoyilariga», «Dugonalar», «Yor kelur» qo‘shiqlari, Hamid Olimjon va Zulfiyaning «O‘zbekiston deya atalur…», «Yoshlik chog‘imda», «Kel, assalom» she’rlariga bastalangan taronalar, xalq ashulalari, jahon san’atidan ijro etilgan ariya va kompozitsiyalar tinglovchilarga bir olam zavq bag‘ishladi.

Teatr sahna ortidagi ulkan monitorda Sharof Rashidovning bolalik va yoshlik davrlari, uni voyaga yetkazgan ota-onasi siymolari, hayoti, aks ettirilgan lavhalar namoyish etiladi.

Yangiliklar lentasi
0