500 va 1000 so‘mlik qog‘oz pullar muomaladan chiqarilib o‘rniga tangalar kiritiladi

© SputnikUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tanga pul ishlab chiqarish narxi qog‘oz pulga nisbatan qimmat bo‘lsada, ulardan qog‘oz pulga nisbatan bir necha bor uzoq muddat davomida foydalanish mumkin.

TOShKENT, 6 noya – Sputnik. O‘zbekistonda, Markaziy bank topshirig‘iga ko‘ra, noyabr oyidan boshlab 500 va 1000 so‘mlik qog‘oz pullar tezlashtirilgan tartibda muomaladan chiqarila boshlaydi, deb xabar qilmoqda Troll.uz.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, qog‘oz pullar o‘rniga 500 va 1000 so‘mlik qiymatga ega bo‘lgan tanga pullar muomalaga kiritilishi mumkin.

Tanga pul ishlab chiqarish narxi qog‘oz pulga nisbatan qimmat bo‘lsada, ulardan qog‘oz pulga nisbatan bir necha bor uzoq muddat davomida foydalanish mumkin.

Undan tashqari, tanga pullardan metro va avtobusga avtomtlashgan tartibda chipta sotib olishda yoki turli avtomatlashgan savdo qurilmalarida foydalanish mumkin. Masalan, xorijiy mamlakatlarda ofislar ichiga ichimlklar yoki shokolad va boshqa yeguliklar sotuvchi avtomatlar ommamiy tartibda o‘rnatilgan. Ularning aksariyati tanga pul yoki kredit karta yordamida savdo qiladi.

Yangiliklar lentasi
0