TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligi munosabati bilan shtkaziladigan tantanali marosimda ishtirok etish uchun Jizzax shahriga keldi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu marosimlarda ishtirok etish uchun O‘zbekistonning barcha viloyatlari va xorijdan kelgan mehmonlar Jizzax vokzalida tantanali kutib olingan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti 2017-yilning 27-martida “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarorini imzolagan edi. Unga muvofiq Jizzaxda bu voqeaga katta tayyorgarlik ko‘rilgan. Sharof Rashidov nomi bilan ataluvchi maydon va muzeyda ulkan qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan. Ko‘cha va xiyobonlar bayramona bezatilgan.