Jizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim haykali ochildi

© DarakchiJizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiya haykali
Jizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiya haykali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Haykal ochilish marosimida ikki shoir avlodlari hamda davlat va jamoat arboblari ishtirok etishdi.

TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Bugun Jizzaxda 20-asrning yetuk o‘zbek shoirlari Hamid Olimjon va Zulfiyaxonimga bag‘ishlangan xotira majmuasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda "Darakchi" nashri.

Tadbirda viloyat hokimligi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi vakillari ishtirok etishdi. Undan tashqari, haykal ochilish marosimida ikki shoir avlodlari hamda keng jamoatchilik vakillar va yoshlar ishtirok etishdi.

© DarakchiJizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiya haykali
Jizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiya haykali - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiya haykali

Tantanali marosimni xonandalar ovozi va shira qizlarning mushoirasi bezadi. Tadbir so‘nggida yig‘ilganlar haykal poyiga gulchambarlar qo‘yishdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbek adabiyoti rivojlanishiga o‘zlarining buyuk hissasini qo‘shgan ushbu adiblar nomi O‘zbekistonda qadrlanib kelmoqda. Xususan, birinchi prezidenti Islom Karimov davrida "Zulfiya" nomli davlat mukofoti ta’sis qilingan edi. Undan tashqari, Jizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi o‘zbek tilini chuqur o‘rganishga ixtisoslashgan, zamonaviy maktab-internat ochilgan.

© DarakchiJizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiya haykali
Jizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiya haykali - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiya haykali
Yangiliklar lentasi
0