TOShKENT, 5 noya — Sputnik. O‘zbekiston Qirg‘izistondan kartoshka va pishloqlar, shuningdek, qurilish toshi va ko‘mir sotib olishga tayyor, dedi Qirg‘iziston iqtisodiyot vaziri Artem Novikov, Nuz.uz xabariga asosan.
Qirzig‘iston vazirining so‘zlariga ko‘ra, Almazbek Atambayev qozoq-qirg‘iz chegarasidagi muammolar tufayli, hukumatga mahsulotlarni sotish uchun alternativ bozorlar topishni buyurgan.
"Biz Toshkentda bir necha hujjatlar imzoladik. Yaqin orada bizning tadbirkorlarimiz o‘z mahsulotlarini taklif etishlari va hamkor topishlari uchun, o‘zbekistonlik hamkorlarimiz bilan biznes-muzokaralar o‘tkazamiz. Xitoy tomoni bilan ham shunday muzokaralar olib borilmoqda", — dedi Novikov.
Vazir aytishiga qaraganda, Qirg‘iziston kartoshka, sut mahsulotlari, sirlar, qurilish toshi va ko‘mir taklif qilishga tayyor.