TOSHKENT, 5 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi Oybek Qosimov Xalqaro antidoping agentligi direktori oʻrinbosari Rob Koyexler bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda MOQ axborot xizmati.
Xabarda aytilishiga koʻra, uchrashuv davomida Oʻzbekistonda Milliy Antidoping agentligi ochish masalasi muhokama qilingan. Rob Koxler agentlik ochish uchun Oʻzbekistonga guruh yoʻnaltirishga va boshqa barcha yordamni koʻrsatishga tayyorligini maʼlum qilgan.
Oʻz navbatida MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov Xalqaro antidoping agentligiga hamkorlikka tayyorligi uchun minnatdorlik bildirgan.