Abdulaziz Kamilov ishchi tashrif bilan Bishkekka keldi

© MID Kirgizskoy RespublikiAbdulaziz Kamilov pribil v Kirgizstan
Abdulaziz Kamilov pribil v Kirgizstan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avgust oyida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Toshkent Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yanada mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish niyatida ekanligini bildirgandi

TOShKENT, 4 noya – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bugun Bishkekka ishchi tashrif bilan keldi. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Kamilov Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashgan. Uchrashuvda ikki hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Toshkent Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yanada mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish niyatida ekanligini bildirgandi.

Kamilov o‘shanda prezident Shavkat Mirziyoyev "o‘z saylovoldi dasturida Markaziy Osiyo bizning ustuvor maqsadimiz deb e’lon qilganligini" aytgandi.

Yangiliklar lentasi
0