TOShKENT, 4 noya — Sputnik. 7-noyabr kuni O‘zbekistonga Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) birinchi vitse-prezidenti Filip Bennet boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Keng qamrovli tashrif dasturiga ko‘ra hukumat, Oliy Majlis Senati, Markaziy bank va boshqa yetakchi moliya muassasalarida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish hamda kredit kelishuvlarini imzolash ko‘zda tutilgan.
YeTTB delegatsiyasi "Markaziy Osiyo: bir o‘tmish va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va o‘zaro farovonlik uchun hamkorlik" mavzuyidagi xalqaro konferensiyada ham ishtirok etadi.
IlgariroqEvropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) direktorlar kengashi O‘zbekistondagi loyihalar uchun umumiy qiymati 110 million dollarlik ikkita kredit ajratgandi.