Prezident hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriqlar berdi

Obuna bo‘lish
Prezident hunarmandlarning istiqbolli loyihalarini moliyalashtirish, buning uchun ularga imtiyozli kreditlar ajratish, sohaga xalqaro moliya institutlari investitsiyalarini jalb etish zarurligini ta’kidladi

TOShKENT, 4 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hunarmandchilikni yanada rivojlantirish, hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Prezident hunarmandlarning istiqbolli loyihalarini moliyalashtirish, buning uchun ularga imtiyozli kreditlar ajratish, sohaga xalqaro moliya institutlari investitsiyalarini jalb etish zarurligini ta’kidladi.

Fond imeni Islama Karimova sovmestno s Postoyannim Predstavitelstvom Uzbekistana pri YuNESKO vipustil knigu Renessans uzbekskogo shelka, posvashennuyu mnogovekovoy shkole tkachestva po texnologii ikat - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov Fondi o‘zbek hunarmandligiga bag‘ishlangan kitobni nashr etdi

Davlat rahbari bu borada Savdo-sanoat palatasi, "Hunarmand" uyushmasi, "Mikrokreditbank" rahbarlari va tuman hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari zimmasiga hududlarning o‘ziga xos xususiyat va an’analaridan kelib chiqib, tumanlar kesimida aniq reja ishlab chiqish, har bir hunarmandga yetib borish vazifasini qo‘ydi.

Prezident hunarmandlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ularga bo‘sh turgan binolarni imtiyozli ravishda berish, asbob-uskuna va xomashyo materiallari bilan ta’minlash masalalariga e’tibor qaratdi. Hunarmandlar markazlari faoliyatini kengaytirish, ular ishlab chiqargan mahsulotlarni xaridorlarga yetkazishni osonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Xususan, qo‘li gul ustalarning o‘z mahsulotlarini bozor va supermarketlarda sotishi uchun keng imkoniyat yaratish zarurligi, xohlasa o‘z xonadonida do‘kon ochishi mumkinligi ta’kidladi.

Doimiy savdo joyiga ega bo‘lmagan, vaqtinchalik joylarda savdo qilayotgan hunarmandlarga savdo qilish qoidalari asosida talab etiladigan kassa apparati va savdo terminalidan foydalanish hamda tijorat banklariga savdodan tushgan naqd pulni inkassatsiya qilish talablari ixtiyoriy etib belgilanadi.

Alisher Narzullayev. G‘ijduvon - Sputnik O‘zbekiston
G‘ijduvondan Rishtongacha - kulolchilik ko‘rgazmasi

Yig‘ilishda berilgan topshiriqlarga muvofiq, har bir viloyatda maxsus ko‘rgazma va yarmarkalar tashkil etilib, ularda hunarmandlar bepul ishtirok etadi. Shuningdek, ularning xorijiy davlatlarda o‘tkaziladigan ko‘rgazma, festival va yarmarkalarda qatnashishiga ko‘maklashiladi.

Hunarmandlarning eksport faoliyati ham rag‘batlantiriladi. Ularga o‘z mahsulotlarini eksport qilishdan tushgan xorijiy valyutani erkin tasarruf etish, jumladan, bank hisobraqamlaridan xorijiy valyutani naqd holda olish huquqi beriladi.

Bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish, hunarmandlikka kreditlar ajratishni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda yurtimizda hunarmandlikning 34 turi mavjud.

Yangiliklar lentasi
0