Toshkent–Samarqand yo‘nalishidagi "Afrosiyob" elektropoyezdi qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi

Obuna bo‘lish
3, 4, 5-noyabr kunlariga xarid qilingan chiptalar hech qanday foiz ushlanmasdan temiryo‘l kassalarida qaytarib olinadi

TOShKENT, 3 noya – Sputnik. 3, 4, 5-noyabr kunlari Toshkent–Samarqand–Toshkent yo‘nalishida qatnayotgan 764/763-sonli "Afrosiyob" yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdining qatnovi texnik sabablarga ko‘ra vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, mazkur kunlarga xarid qilingan chiptalar hech qanday foiz ushlanmasdan temiryo‘l kassalarida qaytarib olinadi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun qisqa 1005 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkinligi aytilgan.

Yangiliklar lentasi
0