TOShKENT, 3 noya — Sputnik. 4-noyabr kuni Toshkent shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Elektr energetika Kengashining navbatdagi 51-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston TIV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tegishli vazirliklar rahbarlari, MDHga a’zo davlatlarning energetik kompaniyalari energiya tizimlarida 2017-2018-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning borishini muhokama qilishadi.
Bundan tashqari, huquqiy-texnik zaxiraning uyg‘unlashuvi va amaliy yangilanish jihatlari, atrof-muhitni asrash va ko‘p tomonlama munosabatlarning kun tartibidagi boshqa muhim masalalari muhokama qilinadi.