Islom Karimovning uch nafar farzandi boʻlgan

© Facebook / Lola Karimova / Pervыy prezident Uzbekistana Islam Karimov s docheryu
Pervыy prezident Uzbekistana Islam Karimov s docheryu - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
OAVlarda keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonning Birinchi prezidentining oʻgʻli bor boʻlib, u hozir Moskva viloyatida istiqomat qiladi

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Islom Karimov ilmiy-maʼrifiy majmuasi saytida Oʻzbekistonning birinchi rahbari Islom Karimov tarjimai holi eʼlon qilingan boʻlib, unda prezidentning uch nafar farzandi boʻlganligi yozilgan.

"Uning uch nafar farzandi va olti nafar nabirasi boʻlib, ular bilan muloqot unga katta quvonch keltirardi", — deyilgan matnda.

Shu vaqtga qadar rasmiy manbalarda Islom Karimovning faqat ikki farzandi — qizlari Lola va gulnora haqida yodga olinardi, xolos.

Respublika OAVlarida chop etilgan xabarlarga koʻra, Islom Karimov birinchi marta 1960-yillarda Natalya Petrovna Kuchma ismli ayolga uylangan boʻlgan. 1969 yil ular oilasida oʻgʻil dunyoga kelgan. Natalya Kuchma 2008 yilda Toshkentda vafot etgan, Petr Karimov esa ayni vaqtda Moskva viloyatida istiqomat qilib keladi.

Yangiliklar lentasi
0