TOSHKENT, 2 noya – Sputnik. Rossiyaning "Mir" telekanali ijodkorlari Toshkent shahrida "Toshkentga kelish uchun besh sabab" deb nomlangan koʻrsatuvni suratga olishni boshladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, koʻrsatuvda Hast Imom maydoni, Toshkent metropoliteni, Oloy va Chorsu bozorlari, Mustaqillik maydoni, Amir Temur xiyoboni, Temuriylar tarixi muzeyi, Yapon bogʻi, Shayx Xovand Tohur maqbarasi kabi Toshkentning diqqatga sazovor joylari haqida lavhalar tayyorlanadi.
Ilgariroq Rossiyaning "Kultura" va NTV telekanallari ham Oʻzbekiston haqida koʻrsatuvlar tayyorlagandi.